Buxoroda simob moddasi sotgan shaxslar ushlandi
Kuchli ta'sir qiluvchi yoki zaharli moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish doirasida DXX Buxoro viloyati boshqarmasi va viloyat bojxona boshqarmasining kontrabanda bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbir davomida Buxoro shahrida yashovchi O.S. 540 gr. simob moddasini xaridorga 50 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Bundan tashqari, Buxoroda yana shunday bir holatning oldi olindi. Jondor tumanida yashovchi F.X. 3 kg 60 gr. simob moddasining har bir kilogrammini 4 ming AQSh dollariga sotib, mo‘may daromad topishni reja qiladi. Bu borada unga Romitan tumanida istiqomat qiluvchi J.R. vositachilik qiladi.
DXX va Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular yuqorida qayd etilgan simob moddasini “Buxoro-Gazli” avtomobil yo‘lida joylashgan avtoturargohda sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mavzuga oid

17:58 / 03.06.2025
Buxoroda 36 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi ikkita Damas’da tashildi

20:22 / 29.05.2025
Buxoro uchun Xitoydan 27 ta zamonaviy avtobus xarid qilindi

16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi

19:05 / 12.05.2025