Italiya tog‘laridagi muzlik erimasligi uchun brezent bilan qoplanmoqda

Foto: Getty Images
Italiya Alplaridagi Prezena muzligi 1993 yildan beri jadal erib, o‘z hajmining uchdan birini yo‘qotdi. Tabiat qo‘riqchilari muzlik erishini sekinlashtirishga harakat qilishmoqda.
Bu maqsadda muzlik ko‘p yillardan beri oq rangdagi brezent bilan qoplab kelinadi.
“Bu hudud muntazam qisqarib bormoqda, shu sababli biz uni iloji boricha ko‘proq qoplamoqdamiz”, deb aytgan muzlikni brezent bilan yopishni amalga oshirayotgan Carosello-Tonale kompaniyasi rahbari David Panitsa.
Brezent quyosh nurini qaytaruvchi va uning ostida past haroratni saqlab turuvchi maxsus qoplama bilan qoplangan. Shu tariqa ko‘proq qor va muzlik maydoni saqlab qolinadi.
Muzlik 2008 yildan qoplanib kelinadi: o‘shanda 30 ming kvadrat metr maydon qoplangan, hozirda uni 100 ming kvadrat metrgacha yetkazish rejalashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, Avstriyadagi tog‘larda ham shunga o‘xshash va Italiyadagidan ancha ko‘proq maydonni qamrab olgan qoplash tizimlari mavjud.
Mavzuga oid

11:53 / 14.04.2025
Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi

11:54 / 31.03.2025
Italiya Rossiyani YeI obekti ustidan dron uchirganlikda gumon qilmoqda

16:59 / 06.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

19:21 / 20.02.2025