«Chelsi» Timo Verner transferini e'lon qildi
«Chelsi» klubi Germaniyaning «Leypsig» klubi hujumchisi Timo Vernerning transferini rasman e'lon qildi.

Foto: AP
Germaniyalik 24 yoshli futbolchi londonliklar bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Timo yangi jamoasiga Germaniya Bundesligasi bahslari yakunlangach, iyul oyida kelib qo‘shiladi.
Oldinroq, Vernerning transferi «Chelsi» klubiga 53 million yevroga tushishi haqida xabar berilgandi. Nemis hujumchisi Angliyada haftasiga 170 ming funt miqdorida maosh oladi.
Ma'lumot uchun, Timo 2016 yildan buyon «RB Leypsig» safida to‘p surib kelmoqda. Forvard Bundesliga joriy mavsumida 32 o‘yinda maydonga tushib, 26ta golga mualliflik qilgan.
Mavzuga oid

22:15 / 03.06.2025
Britaniya Abramovichdan «Chelsi»ni sotishdan tushgan mablag‘ni Ukrainaga berishni talab qildi

02:11 / 29.05.2025
«Chelsi» «Betis»ga qarshi o‘yinda kambek qilib, Konferensiyalar Ligasi g‘olibiga aylandi

14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari

21:06 / 10.03.2025