Toshkentda «Suvsoz»ning ikki nafar xodimi quduqda to‘plangan zaharli gazdan vafot etdi
Toshkent shahar IIBB Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan voqea haqida ma'lumot berdi.
Bugun, 12 iyun kuni ertalab soat 9:00 va 9:30 bo‘lgan vaqt oralig‘ida suv ta'minoti tizimida profilaktika ishlarini olib borish maqsadida, "Suvsoz" DUK xodimlari 1989 yilda tug‘ilgan X.B. va 1988 yilda tug‘ilgan X.N. KXAYda joylashgan Yakkasaroy tumanidagi “Sazanchik” kafesi ro‘parasidagi quduqqa tushishgan.
“Taxminga ko‘ra, u yerda to‘plangan zaharli gazlar tufayli yuqorida aytilgan fuqarolar bo‘g‘ilib o‘lganlar.
Ularni qutqarishga harakat qilgan 42 yoshli H.R zaharlanish belgilari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
103-tizimiga voqea haqida guvohlar xabar berishgan”, - deyiladi IIBB ma'lumotida.
Qayd etilishicha, hozirda hodisa sabablari aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

22:10 / 13.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi

23:43 / 05.05.2025
Toshkentda Lacetti urib ketgan piyoda vafot etdi

16:41 / 11.02.2025
Yakkasaroyda yangi qurilayotgan binoda yong‘in yuz berdi

07:47 / 07.01.2025