Kirish imtihonlari 25 iyuldan 20 avgustgacha o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda
2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari 20 iyul sanasidan 20 avgustga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida Davlat test markazi rahbari Majid Karimov 2020-2021 o‘quv yili qabul jarayonlariga bag‘ishlangan brifingda ma'lum qildi.

Unga ko‘ra, oliy ta'lim muassasalariga hujjatlarni qabul qilish 15 iyundan 15 iyulga qadar davom etadi.
“15 iyul kuni 00.00da hujjatlar qabuli to‘xtatiladi. So‘ngra hujjatlarni guruhlash, abituriyentlarga imtihonga kirish uchun ruxsatnoma tayyorlash jarayonlari amalga oshiriladi. Abituriyentlar ruxsatnomani Davlat test markazining rasmiy saytida (dtm.uz) olishlari mumkin bo‘ladi. Ruxsatnomani olish tartibi bo‘yicha roliklar orqali ma'lumot berish yo‘lga qo‘yiladi.
Davlat qabul komissiyasiga ko‘ra, kirish imtihonlarini 25 iyuldan boshlash va 20 avgustgacha davom ettirish rejalashtirilmoqda. Aniq sanalar haqida yana qo‘shimcha ma'lumot beriladi”, deya Majid Karimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid

23:11 / 18.04.2025
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda

20:18 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi

17:45 / 13.01.2025
“Asosan bepul onlayn kurslardan foydalandim” - O‘zbekistonda ilk bor SAT'dan 1600 ball olgan buxorolik 18 yoshli yigit

14:24 / 06.11.2024