Koronavirusdan himoyalovchi qoplama ishlab chiqildi
Xitoylik olimlar koronavirusdan himoyalovchi qoplama ishlab chiqishdi. Qoplamani odamlar qo‘llaydigan har qanday yuzaga, misol uchun, eshik dastaklari va lift tugmalariga purkash mumkin.

“Virusga qarshi qoplama” ishlab chiquvchilarining aytishicha, qoplama 90 kun davomida sirtni mikroblar va viruslardan, jumladan koronavirusdan himoya qiladi. Ixtironi Hongkong fan va texnologiya universiteti olimlari taqdim qilishgan.
Ta'kidlanishicha, qoplama purkalganda yupqa plyonka hosil qiladi. Bu plyonkaning himoyalovchi xususiyatlari inson terisi bilan ta'sirlashganda faollashadi. Plyonka zararsizlantiruvchi nanokapsulalar va termosezgir polimerlardan iborat. Termosezgir polimerlar nanokapsulalarga inson tanasi haroratiga javob berishga imkon beradi va virus hamda bakteriyalarni yo‘q qiladi.
MAR-1 deb nomlangan qoplamani har qanday yuzaga, misol uchun, eshiklar dastaklari va lift tugmalariga purkash mumkin. Universitet professori Jozef Kvanning aytishicha, qoplama o‘z xususiyatini qurigandan keyin ham saqlab qoladi va u teri hamda atrof-muhitga zararsiz hisoblanadi.
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025