Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari “Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasiga 515 million so‘m o‘tkazishdi

Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi Jizzax, Navoiy va Samarqand garnizonlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun 515 million 390 ming so‘m mablag‘ xayriya qilindi. Bu haqda harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov xabar berdi.
Okrug qo‘shinlari tarkibidagi bo‘linmalar, harbiy qismlarda, nazorat o‘tish joylarida ko‘ngilli harbiylar tomonidan xayriya qutilari o‘rnatilgan bo‘lib, o‘tgan bir xafta vaqt ichida xayriya qutisiga kelib tushgan mablag‘lar “Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasiga o‘tkazib berildi.
“Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari bu kabi xayrli va savobli ishlarda faollik ko‘rsatishda davom etadi”, deyiladi xabarda.
Bugun O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov “Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasiga o‘tkazilgan pullar miqdori 71 milliard so‘mdan oshganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025