Ekspertlar Ebolaga qarshi dori koronavirusdan davolashda samarali ekanligini aytishdi
Tajribalar Ebola bezgagiga qarshi dori koronavirusning og‘ir shakli bilan og‘rigan bemorlarni davolashda samarali ekanligini ko‘rsatdi.

Foto: Ke Xao
Koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda qo‘llanilgan remdesivir preparati sinovlari dorining infeksiyaga qarshi kurashda samarali ekanligini ko‘rsatdi. Bu haqda New England Journal of Medicine nashridagi maqolada aytilmoqda.
Tadqiqotda AQSh, Yevropa va Kanadadan 53 bemor ishtirok etgan. Ularning aksariyati og‘ir ahvolda,, bemorlarning yarmiga yaqini o‘pkani sun'iy shamollatish uskunasiga, to‘rt nafari esa sun'iy qon aylanish uskunasiga ulangan bo‘lgan.
Ular 10 kun davomida remdesivir dorisini qabul qilgan. 18 kun davomida bemorlarning 68 foizi ahvoli yaxshilangan, o‘pkasi sun'iy ravishda shamollatilayotgan 30 bemorning 17 nafari mustaqil nafas ola boshlagan. Bemorlarning yarmiga yaqini sog‘aygan, 13 foizi vafot etgan.
Maqola mualliflaridan biri Jonatan Greynning so‘zlariga ko‘ra, dorining samaradorligi to‘g‘risida gapirishga hali erta.
Qayd etilishicha, hozirda bir nechta klinik tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Xitoyda olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari haqida shu oyda ma'lum bo‘ladi.
Avvalroq Yaponiya koronavirusga qarshi potensial samarali favipiravir preparatini 20ta davlatga taqdim etishi ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda

23:21 / 15.05.2025