O‘zbekistondagi karantin obektlari o‘rtasida VPN aloqa o‘rnatildi
VPN orqali himoyalangan maxsus aloqa amalga oshiriladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmadov 8 aprel kuni AOKAdagi maxsus shtabda karantin munosabati bilan ko‘rilayotgan choralar haqida axborot berdi.
«Mudofaa vazirligi harbiy hizmatchilari uchun karantin davrida ishonchli aloqa kanallari tashkil etilmoqda.
Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab karantinga joylashtirilgan 87ta obekt o‘rtasida VPN xizmatlarini taqdim etish yo‘lga qo‘yildi», – dedi Ahmadov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, VPN orqali himoyalangan maxsus aloqa amalga oshiriladi.
«Bundan tashqari, «O‘zbektelekom» AK bugungi kunda mamlakatimizda karantin tartibidagi obektlarda, jumladan, yangi barpo etilayotgan shifoxonalar hududlarida telekommunikatsiya xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Qisqa vaqt ichida respublikamiz bo‘ylab Sog‘liqni saqlash vazirligi obektlari hududida videokonferens aloqa xizmati tashkil etildi», – deya ma'lum qildi Sherzod Ahmadov.
Mavzuga oid

18:41 / 02.06.2025
Starmer Buyuk Britaniya «urushga tayyorgarlik» rejimiga o‘tayotganini e’lon qildi

12:36 / 02.06.2025
Dronlar va zamonaviy qurollar – mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivalidan fotoreportaj

11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi

15:00 / 20.05.2025