BMT: Arab mintaqasida koronavirus epidemiyasi sababli 8,3 mln kishi nochorlashishi mumkin
Koronavirus epidemiyasi oqibatlari 2020 yilda arab davlatlarida 8,3 mln kishining nochorlashishiga olib keladi.

Foto: Adel Hana / AP
Bu haqda BMT saytida ma'lum qilindi. Xalqaro tashkilotning baholashicha, yetarli miqdorda ovqatlanmaydiganlar 2 mln kishiga ko‘payishi mumkin.
“Bu inqiroz oqibatlari zaif qatlamlar uchun ayniqsa jiddiy bo‘ladi”, deb aytgan BMTning G‘arbiy Osiyo uchun Iqtisodiy-ijtimoiy komissiyasi ijrochi kotibi Rola Dashti. Uning ta'kidlashicha, xavf guruhiga ayollar va yoshlar hamda ijtimoiy muhofaza va ishsizlikdan sug‘urtaga ega bo‘lmaganlar kiradi.
BMT ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda arab davlatlarida 101,4 mln kishi nochorlikda yashaydi, yana 52 mln kishi yetarli miqdorda ovqatlanmaydi. Koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yilda bu davlatlarda yana 8,3 mln kishi nochorlashishi, yetarli ovqat yemaydiganlar esa 2 mln kishiga ko‘payishi mumkin.
BMTda koronavirusdan jabr ko‘radigan arab davlatlari aytilmagan. Arab dunyosiga Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika davlatlari, Falastin, Shimoliy Afrikadagi 3 ta davlat (Komor orollari, Somali va Jibuti) kiradi.
Mavzuga oid

21:46 / 02.06.2025
Annalena Berbok BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi raisi etib saylandi

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

01:02 / 30.05.2025
To‘qayev Qozog‘iston BMTni isloh qilish tarafdori ekanini ma’lum qildi

17:25 / 29.05.2025