Qirg‘izistonda prezident yoki parlament boshqaruvini tanlash bo‘yicha referendum o‘tkazish taklif etildi
Qirg‘izistonda 4 oktyabrda davlat boshqaruvining prezident yoki parlament shaklini tanlash bo‘yicha referendum o‘tkazish taklif etildi.

Foto: Sputnik
Bu haqda Qirg‘iziston parlamenti matbuot xizmatida ma'lum qilingan.
“1 apreldan ommaviy muhokamaga “Qirg‘iziston Respublikasi davlat tuzilishini belgilash bo‘yicha referendum tayinlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qo‘yilmoqda”, deyilgan xabarda.
Qonun loyihasida ovoz berish byulletenida savolning quyidagicha qo‘yilishini tasdiqlash taklif qilingan: “Siz Qirg‘iziston Respublikasida davlat boshqaruvining qaysi shaklini qo‘llab-quvvatlaysiz?”. Va bunga ikkita javob varianti – “parlament” va “prezident” beriladi.
Hozirda Qirg‘izistonda boshqaruvning parlament shakli amal qiladi. U 2010 yilda aprel inqilobidan keyin o‘tkazilgan referendumda tasdiqlangan. Boshqaruvningbu shaklida prezident vakolatlari jiddiy cheklangan, mamlakatning ichki siyosatini nazorat qilishda 120 o‘rinlik parlament muhim rol o‘ynaydi.
Mavzuga oid

13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda

16:50 / 15.04.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti uchun 11 yil qamoq jazosi so‘raldi

15:04 / 14.04.2025
Qirg‘iziston Rossiya elchisidan Moskvadagi fuqarolari tahqirlangani yuzasidan izoh talab qildi

14:55 / 12.04.2025