Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘tgan yilda Ukraina hukumatida eng ko‘p maoshni kim olgani ma'lum bo‘ldi

Arsen Avakov
Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov 2019 yilda hukumatning eng ko‘p maosh olgan mansabdorlari ro‘yxatida yetakchi bo‘ldi. Bu haqda mamlakat hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
"Ukraina bosh vaziri Aleksey Goncharukning 2019 yildagi o‘rtacha oylik maoshi 60,4 ming grivnani (2,5 ming dollar atrofida) tashkil etdi", - deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, ichki ishlar vazirining o‘rtacha maoshi 100 ming grivnadan ortiq bo‘lgan (4,15 ming dollar). Keyingi o‘rinlarda mos ravishda hududlarni rivojlantirish vaziri Alyona Babak, iqtisodiyot, savdo va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish vaziri Timofey Milovanov va adliya vaziri Denis Malyuska joylashgan.
Eng oz maoshni vazirlar mahkamasi vaziri Dmitriy Dubilet olgan - 32,4 ming griven (1,34 ming dollar).
Mavzuga oid

20:02
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

18:40
Rossiya va Ukraina Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida kelishib oldi – Turkiya TIV

11:06
Urushlar taqqosi: 80 yil o‘tib nimalar o‘zgardi?

19:40 / 25.07.2025