AKT vazirligida yaponiyalik mutaxassis ish boshladi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida yaponiyalik mutaxassis Etsuaki Yoshida ish boshladi.
Uning O‘zbekistonga kelishi prezident Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi doirasidagi kelishuvning bir qismi ekani aytilmoqda.
Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, yaponiyalik mutaxassis axborot texnologiyalari korxonalarining investitsiya faoliyatini jadallashtirish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar va xalqaro kredit liniyalarini jalb qilish bilan shug‘ullanadi.
49 yoshli Yoshida turli yillarda Yaponiya xalqaro moliya markazi, tadqiqotlar va statistika departamenti, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC)da qator mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Etsuaki Yoshida O‘zbekistonga kelgunga qadar Yaponiya xalqaro hamkorlik banki kredit, baholash va xatarlarni boshqarish guruhining Mamlakatni kreditlash departamenti 3-bo‘lim direktori va bosh iqtisodchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid

16:19 / 07.04.2023
AKT vazirligi va Aloqabank binolari Aloqabankdan kredit olgan kompaniyaga sotildi

21:01 / 02.11.2022
O‘zbekistonda Telegram faoliyatida uzilishlar kuzatildi. AKT munosabat bildirdi

11:08 / 24.09.2022
Meta kompaniyasi vakillari AKT vaziri va AOKA direktori bilan uchrashdi

14:47 / 07.09.2022