Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda inson genini tahrirlash bilan shug‘ullangan olim panjara ortiga jo‘natildi

Foto: AR/TASS
Xitoyda inson embrionini genetik tahrirlash bilan shug‘ullangan olim Xe Tszyankuy 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Bi-bi-si” xabar berdi.
2018 yil noyabrda olim genetik tahrirlangan embrionlardan dunyodagi birinchi bolalar tug‘ilganini e'lon qilgan. Olimning aytishicha, u egizak qizlar DNK kodini ular OIVga chalinmaydigan qilib o‘zgartirgan.
Xe Tszyankuy o‘z tajribalari haqida ma'lum qilgandan keyin jahon ilmiy hamjamiyati tomonidan tanqidga uchragan. U inson embrionlari bilan shaxsiy tajribalar o‘tkazishga taqiqni buzganlikda aybdor deb topilgan.
Olimga qamoq jazosidan tashqari 3 mln yuan (430 ming dollar) miqdorida jarima solingan. Shuningdek, u Shenchjen universitetidan bo‘shatib yuborilgan.
Olimga tajribalarni o‘tkazishda yordam bergan ikki shogirdi kamroq muddatga jazolangan.
Sud genetiklarni shaxsiy manfaat olish va shon-shuhrat qozonish maqsadida harakat qilgan deb topgan.
“Sinxua” axborot agentligining xabar berishicha, olim e'lon qilgan egizaklardan tashqari, tajribalar vaqtida OIVga chalinmaydigan yana bir bola tug‘ilgan.
Hukumatning ma'lum qilishicha, hozirda ushbu bolalar shifokorlar kuzatuvida qolmoqda.
Mavzuga oid

21:09 / 31.07.2025
AQShda «eng keksa bola» tug‘ildi

17:00 / 04.12.2020
AQShda 27 yil avval muzlatib qo‘yilgan embriondan chaqaloq dunyoga keldi

19:00 / 20.12.2017
Amerikalik ayol 24 yil avval muzlatib qo‘yilgan homiladan farzand dunyoga keltirdi

14:22 / 07.02.2017