Islom To‘xtaxo‘jayev Xitoy klubiga o‘tdi

Foto: TransferMarkt China
Toshkentning «Lokomotiv» klubi himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayev Xitoyning «Shenyang Urban» klubi a'zosiga aylandi. Bu haqda Xitoyning «TransferMarkt China» saytining tvitterdagi sahifasi xabar bermoqda.
Manbada yozilishicha, O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayev Xitoyning «Shenyang Urban» klubi tarixidagi ilk xorijlik futbolchiga aylandi.
«Shenyang Urban» jamoasi yakunlangan mavsumda Xitoy 2-ligasi g‘olibi sifatida, Xitoy 1-ligasiga yo‘llanma oldi va bu mavsumda Xitoy Superligasiga yo‘llanma olish uchun kurash olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli himoyachi Islom To‘xtaxo‘jayev «Lokomotiv» safida 2012 yildan 2019 yilga qadar to‘p surib, 8 yil davomida O‘zbekiston chempionatida 192 o‘yinda 19ta golga mualliflik qilgan.
Ma'lumot uchun, hozirda Xitoyda o‘zbekistonliklardan Odil Ahmedov «Shanxay SIPG» klubi sharafini himoya qilayotgan bo‘lsa, Samvel Babayan Xitoy 1-ligasida «Chanchun Yatay» klubini boshqarmoqda.
Mavzuga oid

13:31 / 26.05.2025
O‘zbekistonning BAA va Qatarga qarshi o‘yinlar uchun tarkibi e’lon qilindi

18:15 / 04.12.2020
Shov-shuvli «Neftchi» – «Turon» o‘yini va Islom To‘xtaxo‘jayev bilan suhbat. FootWeek Farg‘onada

13:26 / 26.07.2020
«Klublarimizda futbolchilar ko‘p aldanadi». Islom To‘xtaxo‘jayev Xitoyga ketishi, eng alamli mag‘lubiyat va milliy jamoa omadsizligi haqida

16:11 / 08.03.2019