«O‘zatom» agentligi rahbariyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari tayinlandi.
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Bahrom Mamatmurodovich Mansurov O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Qayd etilishicha, Bahrom Mansurov ungacha Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktorining o‘rinbosari etib Farrux Farhodovich Toshmatov tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Farrux Toshmatov Atom energetikasini rivojlantirish agentligida boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid

21:26 / 15.04.2025
Jizzaxda AES uchun birinchi ishlab chiqarish binolari qurilishi boshlandi

20:40 / 29.03.2025
Katta AESga qaytish, sun’iy navbat ajiotaji va kechiktirilgan tariflar - hafta dayjesti

16:59 / 26.03.2025
«O‘zatom» va «Rosatom» O‘zbekistonda yirik quvvatli AES qurishni muhokama qildi

19:51 / 24.03.2025