Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bryusselda sigaret qoldig‘ini yerga tashlaganlik uchun 200 yevro jarima joriy etildi
Belgiya poytaxtida kelgusi yildan yerga sigaret qoldig‘ini tashlaganlik uchun jarima 200 yevrogacha oshiriladi. Bu haqda Bryussel meriyasi xabar berdi.

Meriyaning ma'lum qilishicha, shahar ko‘chalarida sigaret qoldiqlarini tashlash uchun maxsus idishlar o‘rnatiladi hamda yanvardan jarima miqdori 50 yevrodan 200 yevrogacha oshiriladi.
Shahar hokimiyatining izohlashicha, kommunal xizmatlar ko‘chalardan yig‘ishtiradigan chiqindining uchdan bir qismi aynan sigaret qoldiqlaridir.
Meriyaning qayd etishicha, bir dona sigaret qoldig‘i 500 litrgacha suvni ifloslantirishi mumkin.
Sigaret qoldig‘i butunlay chirib yo‘q bo‘lib ketishi uchun 15 yil kerak bo‘ladi, ular qo‘rg‘oshin, simob, nikotin, kanserogen kabi zaharli moddalarni o‘zida saqlaydi
Mavzuga oid

08:23 / 24.07.2025
Rossiya dumasi «ekstremistik materiallar»ni qidirganlik uchun jarimalarni tasdiqladi

17:34 / 17.07.2025
Piskentda bank kassiri haydovchilar to‘lagan jarimani o‘zlashtirib yuborgani ma’lum bo‘ldi

14:34 / 13.06.2025
Ryanair janjalkash yo‘lovchilarni 500 yevro jarimaga tortadi

09:57 / 04.06.2025