AQShda Hellouin bayrami kunida bir nechta otishma sodir etildi

Foto: Getty Images
Xabarlarga ko‘ra, otishma oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohatlangan.
AQShning Kaliforniya shtatida noma'lum shaxs Hellouin bayrami oqshomida otishma sodir etdi. Bu haqda KTVU telekanali xabar berdi.
Otishma tungi soat 11da Orinda shahrda yuz bergan. Mahalliy politsiyaning Twitter akkauntida xabar qilinishicha, voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan. Xabarlarga ko‘ra, otishma oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohatlangan.
Shuningdek, Kaliforniyaning Long-Bich shahrida ham otishma yuz bergani xabar qilindi. Mahalliy OAVning xabariga ko‘ra, otishma Hellouin bayrami nishonlanayotgan oqshomda sodir bo‘lgan.
Mavzuga oid

15:06
WSJ: Pentagon yillar davomida NUJ haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatib kelgan

22:08 / 07.06.2025
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi

20:05 / 07.06.2025
AQSh startapi bo‘lajak farzandning ko‘z rangi, bo‘yi va aql darajasini tanlashni taklif qildi

19:30 / 07.06.2025