Erdo‘g‘an yana bir bor Yevropaga yuz minglab qochoqlar bilan tahdid qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Yevropaga yuz minglab suriyalik qochoqlar uchun chegaralarni ochib yuborish bilan tahdid qildi.

"Men eshiklarni ochib yuborishimni aytganimda ular g‘azablanishni boshlashadi. Qizishmang, vaqti keladi, eshiklarni ochamiz. Sizlar ham yuz minglab qochoqlar bilan shug‘ullaninglar", - dedi u Anqaradagi chiqishida.
Turkiya rahbarining aytishicha, "Yevropaning puli va kuchi bor, ammo har safar Gretsiyaga yuzlab qochoqlar kelganida yevropaliklar Turkiyaga qo‘ng‘iroq qilishadi".
"Bizda 4 mln qochoq bor. Agarda kimdir gumanitar siyosatimizni zaif deb hisoblaydigan bo‘lsa, biz unga temir musht bilan javob qaytarishni kechiktirmaymiz", - dedi u.
Mavzuga oid

16:16 / 05.07.2025
Turkiyada uchta katta shahar rahbarlari hibsga olindi

20:10 / 27.06.2025
Britaniya ukrainalik qochoqlarga boshpana berishni rad etmoqda

10:31 / 25.06.2025
Erdo‘g‘an va Tramp yopiq uchrashuv o‘tkazdi

12:42 / 21.06.2025