Bojxonachilar O‘zbekistondan maymun bolasini olib chiqishga uringan shaxslarni qo‘lga olishdi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona organlari xodimlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida noodatiy bojxona qonunbuzilish holati o‘z vaqtida fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida, Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tuvchi davlatimiz chegaralari yaqinida turgan “Spark” rusumli avtomashina bojxonachilarimiz e'tiborini tortdi va avtoulov hamda uning ichida o‘tirgan fuqarolar F.U. va J.S.lar belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazildi.
atijada, avtomashina salonida noyob orangutan turiga mansub maymun bolasi borligi ma'lum bo‘ldi.
Shuningdek, fuqaro U.F. bojxonachilarni payqashi bilanoq uddaburonlik bilan mashina yoniga uloqtirgan tamaki qutisi ham tekshirildi.
Tekshiruv jarayonida tamaki qutisida 0,36 gramm gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Fuqaro J.S.ga tegishli sumkada esa 4 dona turli dori vositalari borligi ham ma'lum bo‘ldi.
Qonunbuzardan olingan maymun bolasi Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

13:55 / 29.05.2025
Bojxonachilar fuqaro tanasiga xufiyona yashirilgan dorilarni fosh etdi

08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi

21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi

22:43 / 20.05.2025