Senator: «Mehmonxonalar to‘lib ketgan, Senat a'zolarini qayerga joylashtirishni bilmayapmiz»

Foto: KUN.UZ
Toshkentdagi mehmonxonalarda bo‘sh joy topilmasligi tufayli Senatning yalpi majlislari oldidan senatorlarda yashash joyi masalasida muammo tug‘ilmoqda. Bu haqda parlament yuqori palatasining qo‘mita raisi Alisher Kurmanov ma'lum qildi.
«Bizdagi holat absurd: 10 kundan keyin Senat yig‘ilishi bo‘ladi, biz esa senatorlarni qayerga joylashtirishni bilmaymiz. Mehmonxonalarda joy yo‘q», – dedi u.
Kurmanov bu haqda chorshanba kuni, Oliy Majlis Senati va Rossiya Federatsiyalar Kengashi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyaning Toshkentda o‘tgan yig‘ilishida aytib o‘tdi.
U o‘z so‘zida bu yil O‘zbekistonga turistlar oqimi sezilarli darajada o‘sganini eslab o‘tdi.
«O‘sish bundan ham kattaroq bo‘lishi mumkin edi, ammo muammo shundaki, bizda mehmonxonalar, samolyotlar, poyezdlar va chegaralar sayyohlarning ulkan oqimiga bardosh bera olmaydi», deb izoh berdi Alisher Kurmanov.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yilning 8 oyi davomida O‘zbekistonga 4,3 mln xorijlik sayyoh kelgan. Bu – o‘tgan yilning mos davriga (3,4 mln) nisbatan 26,7 foizga ko‘proq demakdir. Natijada turistik xizmatlar eksporti 854,5 mln dollarni tashkil qilgan (o‘sish – 28 foiz).
Turizm qo‘mitasi yil oxiriga qadar O‘zbekistonga keluvchi sayyohlar soni 6,5 million kishiga yetishini prognoz qilgan. Bu – 2018 yilga nisbatan 15 foizga yuqori ko‘rsatkichdir.
Mavzuga oid

12:07 / 11.04.2025
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025
«Sayyohlar yo‘llar ahvolidan norozi» - mutasaddilarga «turizm halqasi»ga kirgan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi

20:55 / 31.03.2025