Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQShdan 50 mlrd dollarlik kompensatsiya talab qildi

AQSh sanksiyalardan yetkazilgan zarar uchun Eronga kamida 50 mlrd dollar to‘lashi lozim. Shu shart bilangina Tehron yadro kelishuviga qaytadi. Bu haqda Eronning qabul qilinayotgan qarorlar maqsadga muvofiqligini belgilovchi kengashi kotibi Muhsin Rizoiy ma'lum qildi.
“Agar amerikaliklar yadro bitimini tiklashmoqchi bo‘lsa, unga qaytishlarining o‘zi kamlik qiladi. Ular, shuningdek, sanksiyalardan yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya sifatida kamida 50 mlrd dollar to‘lashlari lozim”, deb aytgan Rizoiy.
Uning aytishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp 2020 yilgi prezident saylovlarini yuta olmasa ham, “AQShning yadro kelishuviga qaytishni istashi-istamasligi noaniqdir”.
Avvalroq AQShning Eron bo‘yicha maxsus vakili Brayan Xuk AQShning Eron neft tarmog‘iga yo‘naltirgan sanksiyalaridan Tehron 50 mlrd dollargacha mablag‘ yo‘qotganini ma'lum qilgandi.
“Neft sanksiyalarining o‘zi tuzumni 50 mlrd dollardan mahrum qildi”, deb aytgan Xuk.
Mavzuga oid

10:17
Putin Donbass evaziga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishini aytgan. Zelenskiy javob qaytardi

22:29 / 09.08.2025
Ukraina va Yevropa o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi – WSJ

20:36 / 09.08.2025
Eron Zangezur yo‘lagini AQSh nazoratiga o‘tkazmaslikka va’da berdi

19:10 / 09.08.2025