Erdo‘g‘an BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilishga chaqirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasidagi nutqida BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilishga chaqirdi.
“Men takror aytaman, dunyo 5 ta davlatdan kattadir. Allaqachon yondashuvlar, tashkilotlarni isloh qilish va qoidalarni qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi. Xalqaro maydonda adolatga erishish uchun Xavfsizlik kengashi faoliyatida zudlik bilan tub o‘zgarishlar qilish lozim”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidentining ta'kidlashicha, “insoniyatning kelajagi Xavfsizlik kengashining 5 ta doimiy a'zosi qarorlariga bog‘liq bo‘lmasligi kerak”. Erdo‘g‘an shunday fikrni Bosh assambleyaning avvalgi sessiyasida ham bildirgandi.
Erdo‘g‘an nutqi davomida yadro quroli mavzusiga ham to‘xtalib o‘tgan. Uning fikricha, “yadro quroliga ega bo‘lish barcha davlatlarga yo taqiqlanishi, yo ruxsat berilishi kerak”.
Hozirda 5 ta davlat Xavfsizlik kengashining doimiy a'zosi hisoblanadi, bular: Rossiya, AQSh, Fransiya, Xitoy va Britaniya.
Mavzuga oid

13:42 / 07.06.2025
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tadi

21:46 / 02.06.2025
Annalena Berbok BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi raisi etib saylandi

01:02 / 30.05.2025
To‘qayev Qozog‘iston BMTni isloh qilish tarafdori ekanini ma’lum qildi

13:25 / 29.05.2025