Xitoydagi sun'iy orol 565 mln dollarga sotilmoqda

Xitoyning Xaynan oroli yaqinida joylashgan Feniks sun'iy oroli egalari orol va undagi obektlarni nazorat qiluvchi kompaniya aksiyalarini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda Netease portali xabar berdi. Orol narxi 4 mlrd yuandan (565,7 mln dollar) ko‘proqni tashkil qiladi.
Aksiyalarni sotib olgan xaridor orolga egalik qilish huquqini oladi. Shuningdek, u orolga keluvchi turistik laynerlar infratuzilmasiga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyaning 45 foiz aksiyasiga avtomatik ravishda ega bo‘ladi. Oroldagi asosiy binolar orasida katta kema yelkanlari ko‘rinishida qurilgan 5 ta zamonaviy mehmonxona bor.
Hududga sayyohlarni jalb qilish maqsadida arxitektura, qurilish va dizayn sohasidagi oxirgi yutuqlarga binoan yaratilgan Feniks oroli “sharqiy Dubay” deb ham ataladi. Sun'iy orolning uzunligi 1,25 kmni, eni esa 350 metrni tashkil qiladi. Undagi binolarning umumiy maydoni esa 480 ming kvadrat metrdan oshadi.
Mavzuga oid

18:37 / 19.04.2025
Xitoyda robotlar va odamlar yugurish musobaqasida bellashdi

15:22 / 19.04.2025
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi

21:05 / 18.04.2025
Xitoy josuslik va kiberhujumlar orqali Rossiyaning o‘nlab qurollaridan nusxa ko‘chirgan

22:36 / 17.04.2025