Afg‘onistonda AQSh harbiylari aviazarbasi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda bir kunda 50 kishi halok bo‘ldi. Ulardan 30 nafari AQSh harbiylarining Nangarhordagi aviazarbasi, qolgan 20 kishi esa “Tolibon” jangarilari tomonidan Zabul viloyatida sodir etilgan portlash oqibatida halok bo‘ldi. Ikkala hodisa oqibatida 130 kishi jarohat olgan.
Jangarilar Zabulning Kalat aholi punktidagi markaziy shifoxona yonida portlashni amalga oshirishgan. Biroq, ta'kidlanishicha, jangarilar shifoxona ro‘parasida joylashgan milliy xavfsizlik agentligining mashg‘ulot bazasini nishonga olmoqchi bo‘lgan bo‘lishlari mumkin. Ular kuchli portlovchi qurilmani qo‘llashgan. Bundan qurilmani tashish uchun yuk mashinasi qo‘llangani ham darak bermoqda.
Portlash oqibatida bemorlar va shifokorlar halok bo‘lgan. Jarohatlanganlar xususiy klinikalarga jo‘natilgan. Ta'kidlanishicha, qurbonlar soni oshishi mumkin.
Ikkinchi hodisada AQSh kuchlari IShID jangarilarini nishonga olishni rejalashtirilgan, biroq samolyotlar xandon pista terayotganlar ustiga bomba tashlagan. Oqibatida tinch aholi halok bo‘lgan.
AQSh qo‘mondonligi ushbu hodisani taftish qilishini aytgan.
Mavzuga oid

18:03 / 18.04.2025
«Bu bizning urush emas» - Agar muzokaralarda siljish bo‘lmasa, AQSh Ukrainada tinchlik o‘rnatish urinishlarini to‘xtatadi

17:34 / 18.04.2025
Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida memorandum imzoladi

13:53 / 18.04.2025
Reuters: Rossiya harbiy ta’minot uchun AQSh firmasidan foydalanmoqchi

13:46 / 18.04.2025