Xitoy tinchimayotgan Hongkong tomon harbiy texnika tortdi

Foto: Global Times
Xitoy Hongkong bilan chegaradosh Shenchjen shahriga katta miqdorda harbiy texnika tortdi. Bu haqda Global Times nashri xabar berdi.
Rasmiy versiyaga ko‘ra, harbiy texnika katta ko‘lamli mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun keltirilgan. Texnika uchun mahalliy stadionni ajratishga to‘g‘ri kelgan.
12 avgustda Xitoy davlat kengashining Hongkong va Makao masalalari bo‘yicha devonxona vakili Yan Guan Hongkongdagi betartibliklar davomida “terrorchilik alomatlari” namoyon bo‘layotganini aytgan.
Iyul oxirida oq futbolkalarda bo‘lgan bir necha o‘nlab erkaklar namoyishchilarga kaltaklar bilan hujum qilgandi.
1 iyulda esa norozilik namoyishi ishtirokchilari Hongkong parlamentini o‘z nazoratiga olgan. Keyinroq politsiya binoni namoyishchilardan ozod etgan.
Hongkong 1842 yildan 1997 yilgacha Britaniya mustamlakasi bo‘lgan. Ayni vaqtda u Xitoy tarkibiga maxsus ma'muriy tuman sifatida kiradi.
Mavzuga oid

00:30
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

12:02 / 07.06.2025
Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti ochildi

00:45 / 07.06.2025
Tramp Xitoy bilan savdo urushini hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi

18:56 / 06.06.2025