Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zagrolizing» AJga yangi rahbariyat tayinlandi
«O‘zagrolizing» AJ Kuzatuv kengashining 2019 yil 12 iyuldagi 245-sonli majlis bayoniga asosan, «O‘zagrolizing» AJga Boshqaruv raisi va uning o‘rinbosari tayinlandi.
Jamiyat matbuot xizmati xabar berishicha, Akrom Isomiddinovich Sulaymonov – «O‘zagrolizing» AJ Boshqaruv raisi etib tayinlandi.
A. Sulaymonov shu kunga qadar «O‘zmeliomashlizing» davlat unitar korxonasi Ijro etuvchi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Burxan Muminovich Karimov – «O‘zagrolizing» AJ Boshqaruv raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
B. Karimov shu kunga qadar «O‘zmashlizing» MChJ direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz «O‘zagrolizing» aksiyadorlik jamiyati uzoq yillardan beri qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizing asosida yetkazib berish bilan shug‘ullanadi va mamlakatimizdagi yetakchi lizing kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid

12:03 / 18.07.2025
Anvar O‘rmonov Toshkent shahri prokurori v.b bo‘lgan

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025