Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kompaniyasi Daimler avtokonsernining 5 foiz ulushini sotib oldi

Xitoyning Beijing Automotive Group (BAIC) avtomobilsozlik guruhi Germaniyaning Daimler AG konsernining 5 foiz ulushini sotib oldi.
BAIC Daimler aksiyalarining 2,48 foizini hamda nemis kompaniyasi aksionerlik kapitalining 2,52 foiziga egalik qilish huquqini sotib oldi.
Daimler 2013 yildan buyon BAIC Motor kompaniyasining investori hisoblanadi va ushbu kompaniya direktorlar kengashida ishtirok etadi.
BAIC va Daimler 2005 yildan buyon Xitoyda bir nechta korxona tashkil etgan. Beijing Benz Automotive Company (BBAC) kompaniyasi Xitoyda yuqori toifadagi avtomobillar ishlab chiqarish sohasida yetakchi hisoblanadi.
Daimler kompaniyasining 5 foizlik ulushi 2,5 mlrd yevroga baholandi.
Mavzuga oid

20:09 / 26.07.2025
Xitoy Yevropadan nega norozi?

20:02 / 26.07.2025
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

09:54 / 26.07.2025
YeI va Xitoy iqlim bo‘yicha yaqinroq hamkorlik qilmoqchi

07:31 / 26.07.2025