Fransiyaning sobiq prezidenti Olland so‘roqqa chaqirtirildi

Foto: Christophe Ena / AP
Fransiyaning sobiq prezidenti Fransua Olland iyul boshida guvoh sifatida so‘roqqa chaqirtirilgan. Tergovchilarni siyosatchining Braziliya hukumati tomonidan harbiy samolyotlarni sotib olish kelishuvi bo‘yicha javoblari qiziqtirgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
So‘roqqa Ollandgacha prezident bo‘lgan Nikolya Sarkozi ham chaqirtirilgan, biroq u savollarga javob berishdan bosh tortgan.
Braziliya 2013 yilda Shvetsiyada ishlab chiqarilgan Gripen qiruvchi samolyotlarini sotib olgan. O‘shanda SAAB shved kompaniyasi samolyotlarni yetkazib berish huquqini qo‘lga kiritish uchun kurashda AQShning Boeing va Rafale samolyotlarini ishlab chiqaruvchi Dassault fransuz kompaniyasini ortda qoldirgan. Braziliyaning amaldagi hukumati ushbu bitimga sobiq prezident Luish Inasio Lula da Silva ta'sir ko‘rsatgan, deb hisoblamoqda. Ta'kidlanishicha, u shartnomani shvedlarga berish uchun o‘z ta'siridan foydalangan.
Sarkozi va Olland Braziliya hukumati bilan ushbu bitim bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etgan. Lulaning himoyasi bu siyosatchilar Rafale samolyotlarini yetkazib berish shartlari uncha foydali bo‘lmaganini va shu sababli bitim korrupsiya xarakteriga ega bo‘lmaganini isbotlab berishlari mumkin, deb hisoblamoqda.
Lula da Silva ayni vaqtda turli korrupsiya ishlari bo‘yicha qamoq jazosini o‘tamoqda.
Mavzuga oid

17:24 / 08.06.2025
Braziliyada 17 yoshli qiz noma’lum muxlisi yuborgan shirinlikni yeb vafot etdi

21:31 / 06.06.2025
Braziliyada fermer 36 mln dollar yutib oldi va 25 kundan keyin stomatolog qabulida vafot etdi

20:35 / 28.05.2025
Braziliya hukumati BYD kompaniyasini odam savdosida ayblamoqda

14:45 / 22.05.2025