Xitoy AQShni Tayvanga qurol yetkazib berish rejasidan zudlik bilan voz kechishga chaqirdi

Foto: REUTERS
Xitoy AQShni “yagona Xitoy” tamoyiliga amal qilishga va Tayvanga qurol yetkazib berish rejasidan zudlik bilan voz kechishga hamda orol bilan har qanday harbiy muloqotlarni to‘xtatishga chaqiradi. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Gen Shuan ma'lum qildi.
"Tayvan Xitoy hududining ajralmas qismi bo‘lib qoladi, Xitoy hukumati va xalqining davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish hamda tashqi aralashuvlarga qarshilik qilish borasidagi qat'iyatini mensimaslikka hech kimning haqqi yo‘q", - dedi Gen Shuan.
Avvalroq AQSh davlat departamenti 108 ta tank hamda tegishli qurilma – 14 ta M88A1 zirhlangan ta'mirlash-evakuatsiya mashinasi, 16 ta shatakchi, 300 dan ko‘proq pulemyot va 250 ta Stinger majmuasini sotishni ma'qullagan.
Tanklarning umumiy qiymati 2 mlrd dollarga, zenit-raketa majmualariniki esa 223 mln dollarga baholanmoqda.
Mavzuga oid

18:37 / 19.04.2025
Xitoyda robotlar va odamlar yugurish musobaqasida bellashdi

15:22 / 19.04.2025
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi

21:05 / 18.04.2025
Xitoy josuslik va kiberhujumlar orqali Rossiyaning o‘nlab qurollaridan nusxa ko‘chirgan

22:36 / 17.04.2025