Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda tramvaydagi yo‘lovchilar yuziga suyuqlik sepib qochish o‘smirlarning pranki bo‘lib chiqdi. Ular kechirim so‘rashdi

Foto: Videodan kadr
Samarqand shahrida yuziga himoya niqobi taqib olgan shaxsning tramvayga chiqib, yo‘lovchilarga noma'lum suyuqlik sepgani va buning natijasida bir necha yo‘lovchining hushidan ketgani prank bo‘lib chiqdi.
Internetda Samarqand shahrida sodir bo‘lgan noodatiy voqea tasvirlangan video e'lon qilindi. Unda yosh yigitning tramvayga chiqqani va bir necha soniyadan so‘ng qaytib chiqqani, uning ortidan tramvaydagi odamlar ham tashqariga otilgani ko‘ringan. Ushbu hodisa Temiryo‘l vokzali-Sartepa yo‘nalishidagi 1-tramvay Choy qadoqlash fabrikasi bekatida to‘xtab turgan vaqtida sodir bo‘lgan.
«Odamlar, bu shunchaki prank (hazil) edi, biz bunday reaksiya bo‘ladi, deb o‘ylamagandik... Biz shahardagi g‘alva uchun kechirim so‘raymiz. Go‘yoki hushidan ketgan barcha shaxslar bizning aktyorlarimiz, balloncha esa shunchaki havoni tozalovchi vosita edi. Hech kim zarar ko‘rmadi. Odamlar buni bilishi uchun ushbu xabarni maksimal tarzda ulashing», - deya yozishgan ular Instagram’dagi sahifasida.
Mavzuga oid

21:17 / 25.07.2025
Samarqand shahrining yoshi 3 ming yil deb qayta baholanadi

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

22:00 / 05.07.2025