Putin Golunov ishi mojarosi ortidan ikki generalni ishdan bo‘shatdi

Aleksey Danichev/RIA «Novosti»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin politsiya generallari Andrey Puchkov va Yuriy Devyatkinni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
«Ichki ishlar vazirligi Bosh boshqarmasining G‘arbiy ma'muriy okrug bo‘yicha Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i politsiya general mayori Andrey Puchkov va IIVning Moskva bo‘yicha Bosh boshqarmasi Narkotiklar aylanmasi ustidan nazorat bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i politsiya general mayori Yuriy Devyatkin lavozimidan ozod etilsin», - deyiladi Rossiya prezidentining farmonida.
Avvalroq ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev davlat rahbaridan Puchkov va Devyatkinni ishdan bo‘shatishini so‘ramoqchi ekanligini ma'lum qilgandi. Bunga
«Meduza» internet-nashri jurnalisti Ivan Golunov bilan bog‘liq voqea sabab bo‘ldi.
11 iyun kuni Vladimir Kolokolsev Ivan Golunov javobgarlikdan ozod qilinishini ma'lum qilgandi.
Kolokolsevning so‘zlariga ko‘ra, jurnalistning aybdorligi isbotlanmagan va unga qarshi jinoiy ish yopilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Meduza»ning maxsus muxbiri, o‘zining o‘tkir jurnalistik tekshiruvlari bilan tanilgan jurnalist Ivan Golunov 6 iyun kuni Moskvada qo‘lga olingan, u katta miqdordagi narkotik moddalar saqlashda ayblangandi.
Mavzuga oid

19:21 / 19.04.2025
Vladimir Putin Pasxa munosabati bilan qisqa otashkesim e’lon qildi

22:28 / 18.04.2025
Asirlar, amir va Araqchi bilan. Kremldagi uch uchrashuv haqida

00:47 / 18.04.2025
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi

17:23 / 17.04.2025