Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda gazdan zaharlangan o‘zbekistonliklar bo‘yicha yangi ma'lumot berildi

Foto: Nikolay Kolesnikov
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilning 3 iyun kuni Qarag‘anda shahrida maishiy gazdan zaharlanish oqibatida shifoxonaga joylashtirilgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarosining barchasiga 5 iyun kuni tibbiy muassasadan ruxsat berildi.
Ular:
- Husanov Sardor Toshkan o‘g‘li, 20.07.2001 y.da tug‘ilgan;
- Jo‘rayev Valentin Fayzullayevich, 15.04.1998 y.da tug‘ilgan;
- Husanov Sharif Toshkanovich, 08.02.1973 y.da tug‘ilgan;
- Toshkanov Alisher Egamberdi o‘g‘li, 17.10.1996 y.da tug‘ilgan;
- Ne'matov Bahodir Botir o‘g‘li, 30.03.1992 y.da tug‘ilgan;
- Elboyev Odil Oripovich, 12.04.1986 y.da tug‘ilgan;
- Elbayev Farrux Oripovich, 02.02.1992 y.da tug‘ilgan;
- Toshkanov Shahzod Xudoyberdi o‘g‘li, 10.03.1999 y.da tug‘ilgan;
- Toshkanov Doston Sharif o‘g‘li, 24.10.1995 y.da tug‘ilgan;
- Toshkanov Oybek Qahramon o‘g‘li, 15.02.1996 y.da tug‘ilgan;
- Iskandarov Obid Sallohidinovich, 01.08.1995 y.da tug‘ilgan;
- Samiyev Azizbek Asad o‘g‘li, 01.01.1998 y.da tug‘ilgan.
Qozog‘iston huquq-tartibot organlari tomonidan mazkur favqulodda holatning sabab va oqibatlarini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Konsul va elchixonaning mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashesi Qarag‘anda shahriga kelgan hamda ushbu hamyurtlarimizning pasportlari yo‘qligi masalasi bilan ham shug‘ullanmoqda. Ma'lum qilinishicha, ular pasportlarini ro‘yxatdan o‘tishni rasmiylashtirish uchun o‘zlarini taklif qilgan yurtdoshimizga topshirishgan.
Shu munosabat bilan Konsullik-huquqiy departamenti chet elga ketayotgan fuqarolarga shaxsni tasdiqlovchi hujjatni hech qanday vaziyatda begona shaxslarga bermaslikni yana bir bor qat'iy tavsiya qilgan.
Mavzuga oid

12:53 / 30.07.2025
Toshkent tumanida mebel korxonasi 1,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

11:22 / 29.07.2025
Xorvatiyada og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

13:38 / 28.07.2025
Salkam 4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan qurilish ombori aniqlandi

13:26 / 22.07.2025