Kitob tumanida tog‘ o‘pirilib, daryo o‘zanini to‘sib qo‘ydi: suv ombori paydo bo‘lmoqda - foto
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi «Palandara» mahallasi, Yuqori Tog‘li Denov qishlog‘idan o‘tuvchi Jindidaryo jilg‘asi yo‘lini qir tuproqlari ko‘chib berkitib qo‘ydi. Bu haqda Kun.uz muxbiriga mahalliy aholi vakillari xabar berdi.
Ko‘chki uzoq davom etgan yog‘ingarchiliklardan so‘ng, 27 aprel kuni ro‘y bergan. Katta tuproq massivi Jindidaryo yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Natijada, suv yo‘li to‘silib, suv ombori hosil bo‘lmoqda. Suv sathi esa soat sayin ko‘tarilib bormoqda. Suratlarda ko‘rish mumkinki, allaqachon elektr liniyasi simyog‘ochlari ham suvga g‘arq bo‘lish arafasida.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur holatni o‘z nazoratiga olmasa, suv ko‘payib, katta bosim yuzaga kelishi, tabiiy to‘g‘onni yuvib yuborib, dara quyisida joylashgan qishloqlarga yopirilishi va juda katta talofatlar keltirib chiqarishi mumkin.
Mavzuga oid

14:24 / 06.06.2025
Orolbo‘yi iqlimida yog‘ingarchilikni modifikatsiyalash texnologiyalari joriy etiladi

15:50 / 30.05.2025
Muz ko‘chkisi Alp tog‘laridagi qishloqni yakson qildi. Tabiiy ofatdan oldingi va keyingi suratlar

12:07 / 16.05.2025
17 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

18:30 / 13.04.2025