Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruhoniy Eron AQSh bilan muzokara olib borish shartini aytdi

Foto: AP Photo/Ronald Zak
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishi mumkin, ammo hozirda buning uchun qulay sharoit yaratilmagan, Vashington esa muloqotga tayyor emas. Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ma'lum qildi.
"Agarda bosim (sanksiyalar) to‘xtasa va AQSh kechirim so‘rasa, muzokaralar bo‘lishi mumkin. Ayrimlar Qo‘shma Shtatlar muzokara o‘tkazishni xohlamoqda, Eron esa buni rad etmoqda deb hisoblamoqda. Bunday emas. Hozirda AQSh muloqot o‘tkazishga umuman tayyor emas", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi ISNA agentligi.
Ruhoniyning aytishicha, "Vashington yaratgan sharoitlar muzokara jarayoni emas, mantiqqa zid va bema'ni".
"Avval AQSh xatoga yo‘l qo‘yganini isbotlashimiz lozim. Ular (Vashington) o‘zlarini noto‘g‘ri tutishganini anglab yetishganida va muammolarni mantiq va sog‘lom fikr bilan hal qilishga tayyor bo‘lishganida biz muzokaralar stoliga o‘tiramiz", - dedi Ruhoniy.
Eronga qarshi sanksiyalar Vashington tomonidan 2018 yil noyabrda qayta tiklangandi.
Mavzuga oid

20:02 / 26.07.2025
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

19:00 / 26.07.2025
Amerika vizasini olish nafaqat qiyin, endi qimmat ham

18:34 / 26.07.2025
AQSh Venesuela prezidenti Maduroni narkokartel rahbari deb atadi

18:28 / 26.07.2025