Xazina izlovchilar qiymati 200 ming dollarlik tangalar topishdi

Foto: The Sun
Buyuk Britaniyada to‘rt nafar xazina izlovchi 557ta qadimiy tangalarni topib olishdi. Bu tangalarning umumiy qiymati 150 ming funt (taqriban 200 ming AQSh dollari)ga teng ekanligi to‘g‘risida The Sun nashri xabar bermoqda.
Endryu Vinter, Tobias Novak va uning ukasi Mateush metall izlovchi moslama bilan Bakinhemshir grafligidagi Hamblden qishlog‘ida aylanib yurishgandi. Tasodifni qarangki, aynan o‘sha payt shu joyda xazina izlovchi havaskorlar festivali ham bo‘lib o‘tayotgandi.
Bir soatlik samarasiz urinishlardan keyin havaskorlar bu ishlarini to‘xtatmoqchi bo‘lganlarida moslama signal bera boshlagan. O‘sha joyni qazigan xazina izlovchilar XVI asrga tegishli, Eduard I va Eduard II davrida zarb qilingan 285ta kumush tangani topishadi. Keyinchalik ularga yana bir havaskor Dariush Fiyalkovskiy qo‘shilib, birgalikda qazish natijasida tangalar sonini 557taga yetkazishadi.



Xazina uni topganlar va yer egasi o‘rtasida taqsimlanishi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid

00:21 / 07.06.2025
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi

20:14 / 06.06.2025
Qozog‘iston harbiylari Buyuk Britaniyada tayyorgarlikdan o‘tadi

22:15 / 03.06.2025
Britaniya Abramovichdan «Chelsi»ni sotishdan tushgan mablag‘ni Ukrainaga berishni talab qildi

18:41 / 02.06.2025