Yo‘l harakati qoidalariga yangi yo‘l belgilari kiritildi
Hukumat qarori bilan Yo‘l harakati qoidalariga yangi yo‘l belgilari kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali yozmoqda.
Ular:
“Diqqat, temir yo‘l kesishmasini to‘suvchi qurilma”. Mazkur yo‘l belgisi to‘suvchi qurilma bilan jihozlangan temir yo‘l kesishmasiga yetmasdan o‘rnatiladi va haydovchilarni oldinda to‘suvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi.
“Sun'iy yo‘l notekisligi”. Mazkur belgi yo‘lning sun'iy notekislik o‘rnatilgan qismiga yaqinlashayotganlik to‘g‘risida ogohlantiradi. Tezlikni majburiy kamaytirish uchun qo‘llaniladi.
“Tirbandlik”. Ushbu belgi vaqtinchalik yoki tasviri o‘zgaradigan holatda tirbandlik hosil bo‘lgan yo‘l yoki chorrahaga kirish oldidan yo‘lni yoki chorrahani aylanib o‘tish imkoniyati bo‘lgan joyga o‘rnatiladi.
“Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan”
“Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan”
“Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yo‘lak”
“Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yo‘lakning oxiri”
“Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak”
“Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri”
“Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi”
“Qizil chiroqda o‘ngga harakatlanish”
“Radar”
“Velosipedchilar uchun yo‘lak”
“Velosipedchilar uchun yo‘lakning oxiri”
“Xalqaro avtotashuvchilarning nazorat punkti”
“Hojatxona”
“Chiqindi yig‘ish joyi”
“Transport vositasining turi”
“Xavfli yuk sinfi”
“Evakuator ishlamoqda”
“To‘siq”
“Piyodalar yo‘lkasi yoki piyodalar va velosipedchilar birgalikda harakatlanishi mo‘ljallangan yo‘lkaning piyodalar uchun mo‘ljallangan qismi”
“Velosiped yo‘lkasi yoki velosiped harakatlanishi uchun mo‘ljallangan tasma”
“Ogohlantiruvchi yo‘l belgilarini takrorlovchi yo‘l chizig‘i”
“Taqiqlovchi yo‘l belgilarini takrorlovchi yo‘l chizig‘i”
“Sun'iy yo‘l notekisligi”.
Bundan oldin, O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

10:48 / 03.07.2025
Xususiy oliy ta’lim muassasasi ochish uchun yangi talablar belgilandi

13:25 / 01.07.2025
Ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin

14:49 / 24.06.2025
Birlamchi tibbiy yordam muassasalari uchun tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi tasdiqlandi

14:35 / 24.06.2025