IShID safiga o‘tib ketgan rossiyalik ofitser 19 yilga qamaldi

Foto: Dmitriy Serebryakov/TASS
Shimoliy Kavkaz okrug harbiy sudi Rossiya mudofaa vazirligi sobiq xodimi Denis Xisamovni 19 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar berdi TASS. Xabarda aytilishicha, u Suriyada bir yil davomida IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari safida jang qilgan.
U jazoni qat'iy tartibdagi koloniyada o‘taydigan bo‘ldi. U shuningdek, soxta pul chiqarganlikda ayblanib bir yilga ozodlikdan cheklash jazosi ham berildi va zaxiradagi kapitan unvonidan mahrum qilindi.
Agentlikning bildirishicha, ofitser 2009 yilda xizmatdan bo‘shagan va o‘z biznesini boshlagan. U masjidda tojikistonlik shaxs bilan tanishib qolgan va birgalikda soxta pul chiqarish bilan shug‘ullanishgan. Ular 2015 yilda qo‘lga olingan, ammo Xisamov Suriyaga qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan. U Raqqa shahrida IShID jangarilar lagerida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan va Suriyada IShID tarafida turib janglarda qatnashgan.
U 2016 yilda Turkiyaga kelib, valuta almashtirish punktini talagan va olingan pullarni Suriyaga jo‘natish uchun bergan.
Xisamov 2017 yil aprelda Turkiyada qo‘lga olingan va Tojikistonga deportatsiya qilingan. U yerda uning pasporti qalbaki ekanligi aniqlangan va Moskvaga deportatsiya qilingan.
Mavzuga oid

22:16 / 19.04.2025
Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi

21:06 / 19.04.2025
Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?

19:21 / 19.04.2025
Vladimir Putin Pasxa munosabati bilan qisqa otashkesim e’lon qildi

13:33 / 19.04.2025