Bojxonachilar o‘tgan asr boshida ishlangan taqinchoq O‘zbekistondan olib chiqib ketilishini to‘xtatib qolishdi

Bojxona xodimlari yurtimiz iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash bilan birga madaniy boyliklarimizni xorijga noqonuniy olib chiqishga bo‘lgan urinishlariga ham o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.
Termiz aeroporti bojxonachilari «Termiz-Vnukovo» yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan fuqaro E.M.ni «yashil» yo‘lakdan harakatlanayotgan chog‘ida belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazishdi.
Natijada, uning qo‘l yuklari orasida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan, yigirmanchi asrning boshlarida yasalgan, sevgi maktublarini solib yurishga mo‘ljallangan ayollar taqinchog‘i borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

13:55 / 29.05.2025
Bojxonachilar fuqaro tanasiga xufiyona yashirilgan dorilarni fosh etdi

08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi

21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi

22:43 / 20.05.2025