AIBAda G‘ofur Rahimov o‘rniga vaqtinchalik prezident saylandi

Afrika boks konfederatsiyasi (AFBC) rahbari Muhammad Mustasan Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.
Uni tayinlash haqidagi qaror G‘ofur Rahimovning o‘z ixtiyori iste'foga chiqishi ortidan qabul qilingan. Inside the Games’ning xabariga ko‘ra, Mustasan AIBA Ijroiya qo‘mitasining telekonferensiya formatida o‘tgan yig‘ilishida saylangan.
Eslatib o‘tamiz, kecha 22 mart kuni AIBA prezidenti G‘ofur Rahimov iste'foga chiqish haqidagi qarorini e'lon qildi. Rahimov 2018 yilning noyabrida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) ning o‘z nomzodini ilgari surmaslik haqidagi iltimosiga qaramasdan AIBA prezidenti etib saylangan edi. Rahimovning bu lavozimni egallashi XOQ tomonidan boksning Olimpiya o‘yinlari dasturida qoldirish masalasiga ta'sir o‘tkazishi mumkinligi aytib kelinayotgan edi.
Mavzuga oid

18:50 / 12.12.2023
Bizda G‘ofur Rahimovga nisbatan jinoyat ishi mavjud emas - IIBB

17:49 / 05.05.2023
G‘ofur Rahimovning turmush o‘rtog‘ini chuv tushirganlikda ayblanayotgan aka-uka uzoq muddatga qamaldi

17:47 / 16.04.2022
G‘ofur Rahimov Boks federatsiyasida ish boshlaydi

13:19 / 13.12.2020