Bug‘doy va makka o‘g‘risi qo‘lga olindi - IIV

Illyustrativ foto
2019 yil 18 mart kuni Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida noma'lum shaxs Yangi Bo‘ston qishlog‘i A.Navoiy ko‘chasida yashovchi, xususiy tadbirkor B.N.ga qarashli tegirmon eshik qulfini buzib kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs u yerdan 550 kg. makka va 643 kg. bug‘doy mahsulotlarini o‘g‘irlab ketgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Arnasoy tumani Yangi Bo‘ston qishlog‘ida yashovchi E.O‘. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

16:04 / 27.06.2025
Los-Anjyelesda Bred Pittning uyiga o‘g‘ri tushdi

12:13 / 25.06.2025
Chinozdagi bozorda savdo rastalarida o‘g‘rilik sodir etganlar ushlandi

14:28 / 24.06.2025
Elektr energiyasi, gaz va suvni o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

20:04 / 18.04.2025