12:50 / 21.03.2019
6837

Pogba «Real»ga o‘tishi mumkinligiga ishora qildi

Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogba «Real»ga o‘tishi mumkinligini istisno etmasligini bildirdi.

«Har doim aytganman, «Real»da o‘ynashni orzu qilmaydigan futbolchi bo‘lmasa kerak. «Real» – jahondagi eng yirik klublardan biri. U yerda hozir Zidan ishlayapti, u bilan bir jamoada bo‘lish ham bir orzu.

Hozir «Manchester Yunayted»daman. Kelajakda nimalar ro‘y berishini bila olmaymiz. Hozir Manchesterdaman va bundan baxtliman», – degan Pogbaning so‘zlarini keltirib o‘tdi Sky Spors.

Ma'lumot uchun, Pogbaga sobiq klubi «Yuventus» ham da'vogar ekani haqida aytib kelinadi.

26 yoshli xavbek bu mavsum jamoasining barcha musobaqalardagi 37ta o‘yinida 25ta golda bevosita qatnashdi (14+11).

Mavzuga oid
Top