Abdulaziz Komilov Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Foto: TIV axborot xizmati
11 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yun Sun Guni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil noyabr oyidagi Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi”, deyiladi xabarda.
Shu kunning o‘zida Tashqi ishlar vazirligida ikki tomon siyosiy maslahatlashuvlarining 13-raundi o‘tkazilib, unda ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning kompleks masalalari, jumladan bo‘lajak uchrashuvlar jadvali ko‘rib chiqildi.
Ma'lumot uchun, 2018 yilda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2,1 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, avvalgi yilning ayni ko‘rsatgichlariga nisbatan 54%ga o‘sdi. O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlariga jalb qilingan Janubiy Koreya investitsiyalarining hajmi 5 mlrd. dollardan oshdi.
Xabarda qayd etilishicha, mamlakatimiz hayotining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, davlat boshqaruvi, kadrlar tayyorlash, tibbiyot, ta'lim va ko‘plab boshqa jabhalarida Janubiy Koreya tajribasiga talab mavjud.
Mavzuga oid

09:33 / 04.04.2025
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan rasman chetlatildi

10:29 / 24.03.2025
Janubiy Koreyada prezident vazifasini bajaruvchiga nisbatan impichment bekor qilindi

10:55 / 19.03.2025
Koreyaning Ulsan shahar meriyasi orqali O‘zbekiston fuqarolariga soddalashtirilgan tartibda mehnat vizalarini berish mexanizmlari joriy etiladi

15:44 / 05.02.2025