«Novichok» tufayli halok bo‘lgan ayolning o‘g‘li Putinga xat yozdi. U Petrov va Boshirov so‘roq qilinishini xohlamoqda

Foto: Roland Leon/Sunday Mirror
«Novichok» asab-falajlovchi moddasi yordamida zaharlanib halok bo‘lgan, Britaniyaning Eymsberisida yashagan Don Sterjyessning o‘g‘li Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘lladi. 20 yoshli Evan Xoupning xati matni The Mirror tomonidan e'lon qilindi.
Xoup o‘z murojaatida Britaniya maxsus xizmatlariga Solsberida zaharlanish hodisasini tashkil etish bo‘yicha ikki gumonlanuvchi - GRU agentlari Aleksandr Petrov va Ruslan Boshirovni so‘roq qilishga imkon yaratib berish to‘g‘risida so‘ragan.
«Britaniya politsiyasi fikricha, onamning o‘limi uchun kamida ikki kishi javobgardir. Biroq, aftidan, ular sizning davlatingiz himoyasi ostida bo‘lib turibdi. Sizga inson sifatida murojaat qilaman - bu shaxslarni so‘roq qilishga ruxsat bering. Mening onam adolatga loyiqdir», - deyiladi Xoupning maktubida.
Shuningdek, halok bo‘lgan ayolning o‘g‘li politsiyaga Britaniya hukumati tomonidan bu ish yuzasidan qo‘llab-quvvatlov taqdim etilishini kutishdan charchagani haqida ma'lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripallar qanday qilib tirik qolgani tushuntirib berilgandi.
Mavzuga oid

15:09 / 16.04.2025
Lavrov Putinning yangi «ambitsiyali» rejalarini ma’lum qildi

19:10 / 11.04.2025
Trampning maxsus vakili Putin bilan uchrashib, Rossiya-Ukraina urushini muhokama qiladi

11:13 / 11.04.2025
Buyuk Britaniya Putin ustidan tribunalni qo‘llab-quvvatladi

05:20 / 11.04.2025