La Liga. "Real" penaltidan urilgan gollar evaziga "Levante"ni mag‘lub etdi

Foto: Getty Images
Ispaniya chempionati 25-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar o‘tkazildi.
"Real Madrid" safarda "Levante"ga qarshi maydonga tushib, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Mehmonlar tarkibida Benzema hamda Beylni penaltidan kiritgan gollariga maydoy egalari Marti tomonidan kiritilgan gol bilan javob berdi.
"Betis" esa safarda "Valyadolid" ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi – 0:2.
Levante – Real Madrid 1:2
Gollar: 0:1 – 43, penalti Benzema, 1:1 – 60 Marti, 1:2 – 78, penalti Beyl.
Levante – Fernandes, Kabako, Ruben Vezu, Rober, Luna, Bardi (Vukchevich, 89), Rochina (Dukure, 60), Morales, Kampanya, Saymon, Marti (Dvamena, 73).
Real Madrid – Kurtua, Regilon, Karvaxal, Varan, Nacho, Kazemiro, Kroos (Valverde, 69), Vaskes, Modrich, Vinisius Junior (Asensio, 83), Benzema (Beyl, 74).
Ogohlantirishlar: Marti (25), Nacho (28), Rochina (57), Vaskes (68), Pedro Lopes (82), Luna (84).
Chetlatish: Nacho (86), Rochina (88).
Valyadolid – Betis 0:2
Gollar: 0:1 – 45 Mandi, 0:2 – 87 Sanches.
Mavzuga oid

11:37 / 29.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?

02:11 / 29.05.2025
«Chelsi» «Betis»ga qarshi o‘yinda kambek qilib, Konferensiyalar Ligasi g‘olibiga aylandi

16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi

19:12 / 18.05.2025