BMT bosh kotibi: inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat yomonlashmoqda

Foto: AFP 2019 / Kena Betancur
BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning ma'lum qilishicha, inson huquqlari himoyasi yanada yomonlashib ketdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Guterreshning so‘zlariga ko‘ra, inson huquqlari dunyoda yanada yomon himoya qilinmoqda va bu sohada ko‘plab qonunbuzarliklar mavjud.
«Ammo men umidimni yo‘qotmayapman. Ha, bizni bezovta qilayotgan trendlarni ko‘ryapmiz, ammo biz inson huquqlari va ijtimoiy adolatni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi kuchli harakatlarga ham guvoh bo‘lyapmiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Guterresh.
Uning eslatishicha, uch yil ichida mingdan ortiq huquq faoli va jurnalist o‘ldirilgan.
Aniqlik kiritilishicha, u bu haqda Jyenevada BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 40-sessiyasi ochilishida aytib o‘tgan.
Mavzuga oid

13:42 / 07.06.2025
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tadi

21:46 / 02.06.2025
Annalena Berbok BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi raisi etib saylandi

01:02 / 30.05.2025
To‘qayev Qozog‘iston BMTni isloh qilish tarafdori ekanini ma’lum qildi

22:09 / 29.05.2025