Toshkent shahar aholisi uzluksiz ichimlik suvi bilan qayta ta'minlandi

Photo: planetnew.ru
Toshkent shahri aholisiga uzluksiz ichimlik suvi yetkazib berish ta'minlandi va yuzaga kelgan muammo bartaraf etildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.
«Yuzaga kelgan nosozliklar viloyat elektr tarmoqlari korxonasining xodimlari tomonidan shu kunning o‘zida (22 fevral - tahr.) kechki soat 23:00 da bartaraf etilgan. «Suvsoz» korxonasi xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ichimlik suvi ta'minotidagi suv bosimi hamda uzilishlar qayta tiklanib, hozirda Toshkent shahri aholisiga uzluksiz ichimlik suvi yetkazib berish ta'minlandi», – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 22 fevral kuni Qibray tumanida joylashgan viloyat elektr tarmoqlariga qarashli elektr stansiyasida yong‘in sodir bo‘lgandi. Shu tufayli, yong‘in Toshkent shahar «Suvsoz» DUK korxonasiga qarashli «Qodiriya» Bosh suv inshootining ish rejimiga ta'sir etib, o‘z navbatida shaharning Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod, Bektemir, Yunusobod, Olmazor, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlarining suv bosimida pasayishlar hamda ayrim tumanlarda uzilishlar bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi

20:39 / 01.05.2025
Quvurlardan kelayotgan suv ichishga yaroqli ekani aytildi

19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda

12:07 / 15.04.2025