Misrda 50 mumiyo joylangan maqbara topildi

Foto AFP
Misrlik arxeologlar Ptolemeylar sulolasi davriga mansub (eramizdan avvalgi IV—I asrlar), 50ta mumiyo joy olgan ulkan sag‘anani topishdi. Bu haqda Misr Qadimshunoslik vazirligi xabar tarqatgan.
Hukumat ushbu topilma arxeologlarning 2019 yildagi ilk yirik topilmasi ekanini qayd etgan.
Maqbara mamlakat poytaxti Qohiradan janubda joylashgan Al-Minya viloyati hududidan topilgan. Tuna-al-Gabal tumanidagi maqbara ichida 20 metr uzunlikdagi xona bo‘lib, uning ichiga bir oila a'zolari dafn qilingan.
Arxeologlarning so‘zlariga ko‘ra, mumiyolar turli yosh va jinslardagi odamlarga tegishli bo‘lib, 12ta mumiyo bolalarnikidir. Mutaxassislar ularning ismlari ifodalangan iyerogliflarni topishmagan. Lekin bu oila o‘sha davrdagi yuqori tabaqaga mansub oila bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid

16:43 / 01.06.2025
Misrdan gepatitga qarshi dorining 2025 yildagi ilk partiyasi olib kelindi

14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi

15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi

19:47 / 13.05.2025