O‘zbekiston elchisi Lyuksemburg Buyuk gersogiga ishonch yorliqlarini topshirdi

30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Elchisi Dilyor Xakimov Lyuksemburg Buyuk gersogi Anriga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbatda O‘zbekiston va Lyuksemburg o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Lyuksemburg Buyuk gersogi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, O‘zbekistonning ochiq tashqi siyosati, jumladan Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikning faollashganini ma'qullashini yetkazib qo‘yishni so‘radi. Shu o‘rinda O‘zbekistonning Afg‘onistondagi tinchlik, xavfsizlik va rivojlanishni ta'minlashdagi sa'y-harakatlari alohida e'tirof etildi.
Suhbatda Lyuksemburg Tashqi ishlar vaziri Jan Asselbornning ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish hamda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston aloqalarini, ayrim mintaqaviy va xalqaro mavzularni muhokama qilish maqsadida Toshkentga amalga oshiradigan tashrifining muhimligi qayd etildi.
Lyuksemburg rahbari ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish uchun ulkan salohiyatning mavjudligini e'tirof etdi.
O‘zbekistonning qadimiy tarix va boy madaniyatga ega davlat sifatida dunyoga mashhurligi ta'kidlandi.
Mavzuga oid

21:05 / 27.03.2025
O‘zbekiston oldida turgan 5 ta asosiy xavf-xatar. Ularni qanday yengish mumkin?

15:52 / 21.03.2025
Tramp Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

11:34 / 19.03.2025
Olmaotada O‘rol Tansiqboyev asarlarining ko‘rgazmasi ochildi

12:47 / 17.03.2025