Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davos forumi tinchlikka chaqiriq bilan yakunlandi

Foto: REUTERS
Davosda 25 yanvar, juma kuni 49-yillik Jahon iqtisodiy forumi o‘z ishini yakunladi. Tadbirning so‘nggi kunida uning raisi, Norvegiya sobiq tashqi ishlar vaziri Borge Brende siyosatchilarni barcha urushlar va nizolarni to‘xtatishga chaqirdi.
Brendening ma'lum qilishicha, tinchlikka erishmasdan ham iqtisodiy, ham ijtimoiy rivojlanish mumkin emas. Uning qayd etishicha, Davosda so‘nggi kunlarda ko‘p sonli ziddiyatlardan chiqish yo‘llari muhokamasi ro‘y berdi - xususan, Yaqin Sharqdagi mojaro, Shimoliy Koreyaning yadro dasturi va Suriyadagi fuqarolik urushi masalalari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle.
Davosdagi hozirgi forum AQSh va Fransiya prezidentlari Donald Tramp hamda Emmanuel Makron, shuningdek, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meysiz o‘tkazildi. Forum shiori quyidagicha shakllantirildi: «Globallashuv 4.0: to‘rtinchi sanoat inqilobi asrida global me'morchilikni izlab».
Mavzuga oid

09:20 / 05.07.2025
O‘zbekiston-Pokiston hududlararo forumini tashkil etish rejalashtirilyapti

15:25 / 03.07.2025
O‘zbekiston - Ozarboyjon parlamentlararo forumi – Xivadagi muloqot qanday o‘tdi?

12:50 / 23.06.2025
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi o‘z ishini boshladi

16:32 / 12.06.2025